Hasanobodliklarning elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanmoqda.

Romitan tumani “Chandir” mahalla fuqarolar yig’iniga qarashli Hasanobod qishlog’ini aholisini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Belgilangan chora tadbirlar asosida hududga 39 dona mustahkam temir beton tayanchlari o’rnatilib, 1600 metr uzunlikdagi himoyalangan SIP kabellari tortilmoqda. Olib borilayotgan qurilish va montaj ishlari yakuniga yetkazilganidan so’ng hududdagi 80ga yaqin xonadon me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati