“Zirabod” 35/6 kV podstasiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan Kogon tumanida joylashgan yuqori kuchlanishdagi “Zirabod” 35/6 kV podstasiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Ta’mirlash jarayonida elektr qurilmalarida aniqlangan barcha kamchiliklar mutaxassislar tomonidan bartaraf etildi va sinovdan o’tkazildi.

Ta’kidlash joizki, joriy ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida olib borilishi texnik uskunalar mustahkamligining oshishi, kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali o’chishlarning oldi olinishi hamda aholi va tadbirkorlarni me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlashda o’z samaradorligini ko’rsatadi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati