Barqaror elektr ta’minoti sari — puxta tayyorgarlik olib borilmoqda

Barqaror elektr ta’minoti sari — puxta tayyorgarlik olib borilmoqda

Elektr tarmoqlari va podstansiyalarining ishonchli ishlashi, avvalo, ularning texnik holatini muntazam nazorat qilish va o‘z vaqtida ta’mirlashga bog‘liq.

Shu maqsadda, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan barcha hududlarda keng ko’lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan,  “Alatxona” 110/6 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Mutaxassislar tomonidan podstansiyadagi elektr uskunalari va qurilmalari ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan zarur ishlar bajarildi.

Mazkur tadbirlar kuz-qish mavsumida elektr tarmoqlarining yuklamalar ostida ishonchli ishlashini ta’minlash, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi.