Elektr energiyasidan samarasiz foydalanish, uni behudaga sarflash natijasida qancha elektr energiyasi isrof bo’lishini bilasizmi?..
Hurmatli yurtdoshlar, har birimiz xonadonimiz yoki ish joyimizda elektr energiyasidan oqilona hamda tejamkorlikka rioya qilgan holda foydalanishimiz mumkin. Bu orqali Vatanimiz iqtisodiyotining yanada ravnaq topishi va energo tizimning barqaror va samarali ishlashiga o’z hissamizni qo’shgan bo’lamiz.
Keling, avvalo “Energiya samaradorligi”ga ta’rif bersak. Energiya samaradorligi bu – energiya resurslaridan samarali, ya’ni oqilona foydalanishga qaratilgan jarayonlar majmuidir. Binolarning energiya ta’minoti yoki ishlab chiqarish jarayonlari uchun kamroq energiya sarflash evaziga kerakli natijaga erishish ham samaradorlik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Texnika va texnologiya rivojlanishining hozirgi darajasida yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishda iqtisodiy jihatdan asoslangan samaradorlikka erishish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilish ham shular jumlasidan.
Ofis xonalarining eshik va deraza romlari qishda issiq, yozda sovuq haroratni saqlash uchun izolyasiya qilingan bo‘lishi, energiya tejamkor maishiy texnika va yoritish uskunalaridan foydalanish – energiya samaradorligi uchun juda muhimdir. Xuddi shu kabi neft-gaz mahsulotlaridan ham tejamkorlik bilan foydalanib, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish mumkin. Shu o’rinda, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng ko’lamda foydalanish energiya samaradorligini yanada oshirish va tabiiy resurslarni kelajak avlodga yetkazish uchun xizmat qilishini ta’kidlab o’tish joiz. Isitish va sovitish jihozlaridan ham to‘g‘ri, oqilona foydalanish – energiya samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri. Ushbu ko‘rsatkichlar, avvalo, shaharsozlik loyihalari, bino-inshootlar qurilishini loyihalashtirish, qurilish materiallarini tanlash, sifatli qurish jarayoni, bino-inshootlarning ichki intererini jihozlash me’yorlariga amal qilish bilan chambarchas bog‘liq. Oddiy so‘z bilan aytganda, noto‘g‘ri qurilgan bino-inshootdan tortib noto‘g‘ri foydalanilgan oddiy maishiy uskuna-jihozlargacha – iqtisodiyotga katta zarar, jamiyat va davlat taraqqiyotining kushandasi hisoblanadi.
Bugungi kunda mavjud energo resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish – davr talabi. Buning uchun foydalanilmayotgan elektr jihozlari va yoritish uskunalarini tarmoqdan uzib qo‘yish, ya’ni ofis yoki yashash xonalaridan chiqayotganingizda elektr jihozlarini kutish rejimida qoldirmasdan, ularni o‘chirib, tarmoqdan uzish orqali tejamkorlik tomon qadamni tashlagan bo‘lasiz. Shuningdek, ish joyi va xonadonlarni ko‘proq tabiiy yorug‘likdan ya’ni quyosh nuridan foydalangan holda yoritishga alohida e’tibor qaratish zarur. Yana bir muhim masala, Siz, ko‘cha-ko‘yda, mahallada, dam olish maskanlari-yu boshqa jamoat joylarida foydalanilmayotgan elektr jihoz va qurilmalarini tarmoqdan uzib qo‘yishni talab qilsangiz – energiya tejamkorligi va samaradorligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda o’z hissangizni qo’shgan bo’lasiz.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Linyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi “Markaziy” 110 kVli havo elektr uzatish tarmog’i ko’rikdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Shuningdek, temir burchakli tayanchlarni estetik holati yaxshilanib, bo’yash ishlari olib borilmoqda.
“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi doirasida Kogon tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan “Sorg’un” MFY Katta org’un qishlog’idagi mavjud 152-transformator punktidan chiquvchi 0.4 kv havo elektr uzatish tarmoqlaridagi yaroqsiz simyog’ochlar almashtirilib, 20 dona mustahkam temir-beton tayanchlar o’rnatildi. Shuningdek, mahalladagi 152- va 210- sonli transformator punktlarining quvvati oshirildi.
Ma’lumki, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanib, turmush darajasi yaxshilangani sari energiyaga talab ham oshib boradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi besh yilda yurtimizda elektr energiyasi iste’moli 20 foizga, jumladan, aholi tomonidan sarflanishi 31 foizga oshgan. Bu ko‘rsatkich yiliga 6 foizdan o‘sib bormoqda.
Shu bois energiya ishlab chiqarish izchil rivojlantirilmoqda, bunga qo‘shimcha suv, quyosh, shamol energetikasi stansiyalari barpo etilmoqda. Shu bilan birga, elektr energiyasi va tabiiy gaz sarfini hisoblash tizimi ham tartibga keltirildi. Endigi muhim vazifa – bu ne’matni qadrlab, tejab, o‘z o‘rnida foydalanish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 sentabrdagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 475-sonli qaroriga (https://lex.uz/pdfs/6609144) asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2023 yil 1 oktabrdan boshlab elektr energiyasining narxlari (https://het.uz/oz/lists/view/1919) oshishini ma’lum qiladi.
MA’LUMOT UCHUN: QARORGA ASOSAN AHOLI UCHUN TARIFLAR O‘ZGARISHSIZ QOLDI.
Peshko’ tumani “Deycha” mahalla fuqarolar yig’ini hududlari iste’molchilarining elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda. Hududga maxsus texnikalar yordamida 60 donadan ortiq mustahkam temir beton tayanchlari tiklandi. Shuningdek, № 493 sonli transformator punktining quvvati oshirilib, 250 kVA quvvatdagi transformator o’rnatildi.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tasdiqlangan joriy va mukammal ta’mirlash rejasiga asosan amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, “Xarxo’r” 110 kV va “Zarafshon” 35 kV yuqori kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlari joriy ta’mirlanib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilindi.
Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi (http://regulation.gov.uz/uz/d/85750).
Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2023-yil 1-oktyabrdan boshlab yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflarini liberallashtirish taklif etilmoqda.
Xususan, 1- va 2-guruhdagi elektr energiyasi iste’molchilari (OKMK, NKMK, “O‘zmetkombinat” va byudjet tashkilotlari)ga o‘zgarishsiz – 1 kVt⋅soat uchun 1 000 so‘mgacha, qolgan yuridik shaxslar uchun 900 so‘mgacha, deb belgilanadi.
Tabiiy gaz tariflarini ham OKMK, NKMK, “O‘zmetkombinat” va byudjet tashkilotlariga o‘zgarishsiz – 1 kub metr uchun 1 800 so‘mgacha, boshqa tashkilotlarga 1 500 so‘mgacha qiymatda belgilash taklif etilmoqda.
❗️Loyihada aholi uchun ham elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz tariflari o‘zgarishsiz, amaldagi narxlarda qolishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun tarif narxlari oxirgi marotaba 2019-yilning avgustida o‘zgargandi.