Davlat dasturlari hamda ishlab chiqilgan chora tadbirlar asosida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.

⚡️ Jondor tumani aholisi va tadbirkorlarning elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun Davlat dasturlari hamda ishlab chiqilgan chora tadbirlar asosida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.

🎥 Jarayon tavsilotlari bilan “Sevimli» telekanalining «Zamon” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Har bir murojaat e’tiborda.

Elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan o’rganib, ularga qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish borasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bu borada viloyatimizning Olot tumanida ham bir qator qurilish va montaj ishlari bajarilmoqda. Xususan, tumannining “O’zbekiston” mahalla fuqarolar yig’ini Balxibobo qishlog’i aholisining eskirgan simyog’ochlarni yangilash borasida qilgan murojaati ijobiy yechim topdi. Hududga tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 5 dona mustahkam temir – beton tayanchlari olib kelib, o’rnatildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Eskirgan simyog’ochlar yangilandi.

Iste’molchilar elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan joylardagi eskirgan simyog’ochlarni yangilash, yuklama bilan ishlab turgan elektr qurilmalarning quvvatini oshirish borasida ishlab chiqilgan chora – tadbirlar asosida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, shaharning “Xo’ja G’unjoriy” mahalla fuqarolar yig’ini Eshoni Imlo ko’chasidagi ma’nan eskirgan simyog’ochlarni almashtirish uchun 6 dona mustahkam temir-beton tayanchlari olib kelib o’rnatildi. Shuningdek, o’z xizmat vazifasini o’tab bo’lgan yog’och ustunlar demontaj qilib olindi.

Davlat dasturi asosida podstansiyalar va yuqori kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlarini qurish ishlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyatida ishlab chiqarish obyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan Davlat dasturi asosida podstansiyalar va yuqori kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlarini qurish ishlari olib borilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “O’zbekiston 24″ telekanalining «Axborot 24” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

INFORMATSION DASTURNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan joylardagi podstansiyalarning holati doimiy ravishda o’rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Jumladan, Buxoro viloyatining eng olis hududi Olot tumanidagi “Olot” 35/6 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, elektr qurilmalari va o’chirib, yoqish uskunalarini ta’mirlash, estetik holatini yaxshilash, qizishini oldini olish hamda ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish ishlari bajarildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Energetika_xavfsizligi_oyi

Kogon shahar “Arabxona” MFY hududidagi Xalqlar do’stligi ko’chasi aholisini me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida, Kogon tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan shahar tipidagi, quvvati 630 kVA bo’lgan transformator punkti o’rnatilib, ishga tushurildi. Shuningdek, Kogon tumani “Mustaqillik” MFY Qizilgul qishlog’ida aholi tomonidan o’rnatilgan qo’lbola tayanchlarni yangisiga almashtirish, hudud elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun amaliy ishlar olib borilmoqda. Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro» telekanalining «Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

INFORMATSION DASTURNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Energetika_xavfsizligi_oyi

Yurtimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko’tarilib, bugungi kunda aholini yashash sharoiti yaxshilashga va turmushi farovonligini oshirishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan ham tizimli ishlar amalga oshirilib, iste’molchilarga sifatli va uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish choralari ko’rilmoqda. Tegishli qarorlar asosida belgilab olingan mahallarda modernizatsiya va yangilash ishlari bajarilmoqda.
Xususan, Kogon shahri “Arabxona” MFY hududidagi Xalqlar do’stligi ko’chasiga qo’shimcha, shahar tipidagi, quvvati 630 kVA bo’lgan transformator punkti o’rnatilib, ishga tushurildi. Shuningdek, manan eskirgan simyogo’chlar yangilanib, 45 dona mustahkam temir beton tayanchlari o’rnatildi va 2200 metr uzunlikdagi himoyalangan SIP kabellari tortildi. Natijasida hududagi 2250ta xonadon elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati