15 ta hududda elektr va gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha tashkil etilgan maxsus shtablarga murojaat qiling

Murojaatingiz_biz_uchun_muhim

Joylardagi elektr va gaz ta’minoti holatini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tizimli bartaraf etish orqali iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida respublikamizning 15 ta hududida maxsus shtablar tashkil etildi.

Ularning har biriga energetika tizimi tashkilotlari rahbarlari shtab rahbari sifatida biriktirildi, tuman hokimlari esa shtab rahbarining o‘rinbosari etib belgilandi.

Agar sizda yuqoridagi masalalar yuzasidan murojaat va takliflaringiz bo‘lsa, ushbu tumanlar hokimligida tashkil qilingan shtablarga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

💙Andijon tumani — vazir maslahatchisi Dadajon Isakulov;

💙Davlatobod tumani — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ raisi Abdumalik Nazirov;

💙Denov tumani — “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i o‘rinbosari Bexzod Sobirov;

💙Farg‘ona tumani — “Hududgazta’minot” AJ raisi Marufxon Xodjayev;

💙Koson tumani — “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i o‘rinbosari Xurshidjon Eshqo‘ziyev;

💙Mirzo Ulug‘bek tumani — vazirning 1-o‘rinbosari Umid Mamadaminov;

💙Qo‘shtepa tumani — “O‘zenergosotish” AJ raisi Jahongir Obidjonov;

💙Sirdaryo tumani — “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ raisi Bahodir Jo‘rayev;

💙To‘rtko‘l tumani — “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ raisining 1-o‘rinbosari Ozod Axunov;

💙Urganch tumani — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisining 1-o‘rinbosari Bobur Islomov;

💙Urgut tumani — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi Sardor Isakulov;

💙Xatirchi tumani — vazir o‘rinbosari Umarjon Egamberdiyev;

💙Yangiyo‘l tumani — Energetika vaziri Sherzod Xodjayev;

💙G‘ijduvon tumani — “O‘ztransgaz” AJ raisi Askar Isakov;

💙Sh.Rashidov tumani — “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i Axad Isoqjonov.

Nega aynan ushbu tumanlar tanlandi❓

Elektr energiyasi va tabiiy gazdan qarzdorliklar yuqori bo‘lgani, elektr energiyasi va tabiiy gazdagi yo‘qotishlari oshgani, tarmoqlarning eskirganligi bo‘yicha murojaatlarning ko‘pligi va boshqa bir qator omillar hisobga olingan.