⚡️ Jazirama kunlarda elektr ta’minoti barqarorligi e’tibor markazida






Havo haroratining keskin ko‘tarilishi elektr energiyasi iste’moli hajmining ortishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday sharoitda iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan elektr tarmoqlari va podstansiyalarning holati doimiy ravishda o’rganilib, kelib chiqishi mumkin bo’lgan nosozliklarni oldini olishga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.
🔹 Elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlari muntazam ko‘rikdan o‘tkazilmoqda
🔹 Yuklama ostida ishlayotgan uskunalar doimiy nazorat qilinmoqda
🔹 Aniqlangan nosozliklar tezkor bartaraf etish uchun avariya-tiklash brigadalari 24/7 rejimida faoliyat yuritmoqda
Sharafli kasb egalari jazirama issiq kunlarda ham elektr ta’minoti barqarorligini saqlash, iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarni oldini olish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirmoqda.

