⚡️ XAVFSIZ MEHNAT – BARQAROR FAOLIYAT GAROVI

Ta’kidlash kerakki elektr energetikasi sohasi kasblar ichida xavfli sohalardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan xodimlar o’rtasida doimiy ravishda tushuntirish ishlarini olib borish ularning hushyorligini oshirish, kerakli himoya vositalarini yaroqliligini doimiy ravishda ko’rikdan o’tkazish muhim sanaladi. Chunki faoliyat davomidan yo’l qo’yilgan birgina xato yoki kichik e’tiborsizlik og’ir oqibatli baxtsiz hodisalar kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkin.

Shuning uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizim korxonalarida “Xavfsizlik texnikasi ko‘rigi oyligi” muntazam ravishda tashkil etiladi. Xuddi shunday joriy yilning 10 iyunidan 10-iyuliga qadar “Xavfsizlik texnikasi ko‘rigi oyligi”o‘tkazilmoqda. Jumladan, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi barcha tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalariga o’quv seminarlari bo’lib o’tmoqda.

Batafsil