Monthly Archives: Oktabr 2016

EHNAT (ASKUE) elektr hisoblagichlarni o’rnatish bo’yicha ishlar boshlandi.

2016 yilning 17 oktyabridan boshlab EHNAT (ASKUE)ni tatbiq etish doirasida respublikada birinchilardan bo’lib Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanining “Bo’ston” qishloq fuqarolar yig’inida eski elektr hisoblagichlar o’rniga yangi EHNAT (ASKUE) tizimiga to’la mos, «KAIFA» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr hisoblagichlarni o’rnatish ishlari boshlandi. Shu bilan birgalikda ushbu qishloq fuqarolar yig’ini elektr energiya iste’molchilarining elektr tarmoqlari xo’jaligi ham to’liq ta’mirlandi.

EHNAT (ASKUE) tizimiga mos elektr hisoblagichlarni o’rnatishni boshlash jarayonida “Buxoro HETK” AJ rahbariyati va xodimlari, mahalliy hokimiyat vakillari va pudratchi tashkilot – “Koreya Telekom” vakillari qatnashdilar.

Yaqin davr mobaynida Qorovulbozor tumanida, undan keyin esa Buxoro viloyatining qolgan tumanlari elektr energiya iste’molchilarida ham EHNAT (ASKUE) tizimiga mos elektr hisoblagichlarni o’rnatish ishlari rejalashtirilgan.

>>

EHNAT (ASKUE) bo’yicha o’quv kurslari

2016 yilning 3 oktyabridan 14 oktyabrgacha “Buxoro HETK” AJ ning o’quv markazida “Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini tadbiq etish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 0,4 kV ga ulangan iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish tizimi” loyihasini tadbiq etish doirasida “O’zbekenergo” AJ xodimlari uchun mo’ljallangan Koreyaning “Koreya Telekom” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan o’quv kurslari (mashg’ulotlari) bo’lib o’tdi. O’quv kurslari dasturining maqsadi EHNAT (ASKUE) serverlarini ekspluatatsiya qilish va boshqarish bo’yicha bilim olish va ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilgan edi.

O’quv kurslarida “Buxoro HETK” AJ, “Jizzax HETK” AJ va “Samarqand HETK” AJ ning axborot texnologiyalari va EHNAT (ASKUE) bo’limlari xodimlari qatnashdi. O’quv kurslarini tugatib, test savollariga muvaffaqiyatli javob bergan yuqorida nomi keltirilgan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi xodimlariga tegishli sertifikatlar berildi.

>>

Jamiyat rahbariyatining fuqarolarni sayor qabul qilish jadvali

elon-uz“Buxoro HETK” AJ rahbarlari tomonidan 2016 yilning oktyabr-dekabr oylari davomida shahar, qishloq va mahallalarda “Jismoniy va yuridik shaxslar vakillar”ini sayyor qabul qilish jadvali

>>

Ichki audit xizmati to’g’risida ma’lumot

“Buxoro HETK” AJ ichki audit xizmati to’g’risida
MA’LUMOT
t/r  № HETK nomi Tasdiqlangan shtat jadvali yoki ustavga muvofiq auditorlar soni Amalda auditorlar soni F I Sh HETK ichki audit xizmati ishiga qabul qilingan sana Mavjud ichki auditorlik sertifikati haqida ma’lumot
1 “Buxoro HETK” AJ 3 2 Shodiev Iskandar Mastonovich (Xizmat boshlig’i) 20 mart 2015 yil O’zbekiston auditorlar palatasi PA Uz № 000062 17 may 2013 yildan
Shirinov Sadriddin Tashevich (auditor) 21 mart 2016 yil O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar assotsiatsiyasi NABA Uz № 000201
>>
Accessibility