EHNAT (ASKUE) elektr hisoblagichlarni o'rnatish bo'yicha ishlar boshlandi.

2016 yilning 17 oktyabridan boshlab EHNAT (ASKUE)ni tatbiq etish doirasida respublikada birinchilardan bo’lib Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanining “Bo’ston” qishloq fuqarolar yig’inida eski elektr hisoblagichlar o’rniga yangi EHNAT (ASKUE) tizimiga to’la mos, «KAIFA» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr hisoblagichlarni o’rnatish ishlari boshlandi. Shu bilan birgalikda ushbu qishloq fuqarolar yig’ini elektr energiya iste’molchilarining elektr tarmoqlari xo’jaligi ham to’liq ta’mirlandi.

EHNAT (ASKUE) tizimiga mos elektr hisoblagichlarni o’rnatishni boshlash jarayonida “Buxoro HETK” AJ rahbariyati va xodimlari, mahalliy hokimiyat vakillari va pudratchi tashkilot – “Koreya Telekom” vakillari qatnashdilar.

Yaqin davr mobaynida Qorovulbozor tumanida, undan keyin esa Buxoro viloyatining qolgan tumanlari elektr energiya iste’molchilarida ham EHNAT (ASKUE) tizimiga mos elektr hisoblagichlarni o’rnatish ishlari rejalashtirilgan.