⚡️ Elektr qurilmalari ta’mirlanmoqda 🔧

Iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, yoz va kuz-qish mavsumlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mavjud muammolarni oldindan bartaraf etish maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Elektr qurilmalari va tarmoqlar ko’rikdan o’tkazilib, kelib chiqishi mumkin bo’lgan nuqsonlarning oldini olishga qaratilgan joriy va mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

👷‍♂️ Joriy yildan jamiyat tomonidan 15 dona yuqori kuchlanishdagi podstansiyalar, 838 ta taransformator punktlari, 3000 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan. Ayni kunlarda elektr qurilmalari belgilangan grafik asosida bosqichma – bosqich ta’mirlanmoqda.

⚡️ Sog’lom ish muhiti va mehnat xavfsizligi — ustuvor vazifa!

28-aprel — Xalqaro mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” shiori ostida tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ushbu sana munosabat bilan Kasbiy ko’nikmalar markazida Buxoro viloyatidagi 150ga yaqin korxona va tashkilotlar orasida tashkil etilgan seminarda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning mas’ul xodimlari munosib ishtirok etdi. Turli xildagi nominatsiyalar bo’yicha eng yaxshilar saralangan seminarda “Buxoro HETK” AJ “Korxonadagi mehnat muhofazasi va xavfsizligi holati” yo’nalishi bo’yicha 3 o’rinni qo’lga kiritdi.

Tadbirda davomida mutaxassislar tomonidan ish joyidagi psixologik-ijtimoiy muhitni yaxshilash, ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish va xalqaro standartlarga mos tizimni shakllantirish yuzasida takliflar ilgari surildi.

⚡️ Yana bir murojaat o’zining ijobiy yechimini topmoqda

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni joyiga chiqib o’rganish, ularga yechim topish, elektr ta’minoti sifati va uzluksizligini ta’minlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Jondor tumani “Romish” MFY Romish qishlog’i aholisining elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar bo’yicha qilgan murojaati bugun o’zining ijobiy yechini topmoqda.

Ayni kunlarda romishliklarni ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 36 dona mustahkam temir beton tayanchlari qurildi. Shuningdek, 1000 metrdan ortiq elektr uzatish tarmog’ini yangilash hamda qo’shimcha ravishda quvvati 160 kVA bo’lgan transformator punktini o’rnatish rejalashtirilgan.

Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar natijasida hududdagi 250dan ortiq xonadonni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi.