Maxsus-taktik o’quv mashqlari o’tkazildi









“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda “Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda obyekt rahbaryati, fuqaro muhofazasi tuzilmalari hamda FVDqT xizmatlarining hamkorlikdagi harakаtlari” mavzusida maxsus-taktik o’quv mashqlari bo’lib o’tdi. Unda obyektda tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo’lgan vaqtlarda xodimlarning harakatlanish shayligi sinovdan o’tkazildi va baholandi.
Shuningdek, xodimlarni qay darajada
himoya vositalari bilan ta’minlanganligini aniqlash bo’yicha saf ko’rigidan o’tkazidi.
Yakunda favqulotda vaziyatlarda ro’y berganda harakatlanish ketma-ketligi bo’yicha mutaxassislar tomonidan tavsiya va ko’rsatmalar berildi.

