#Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Linyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi havo elektr uzatish tarmoqlarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Mutaxassislar balandligi 22 metr bo’lgan tayanchlarga chiqib, ta’mirlash ishlarini olib bormoqdalar.
Takidlash joizki, ayni shu kunlarda diyorimizda kuzatilayotgan ob-havoning injiqliklariga qaramasdan soha xodimlari o’z vazifalarini sidqi dildan bajarib kelmoqdalar. Sovuq kunlarda elektr energiyasiga bo’lgan talab ortishi natijasida elektr qurilmalari va tarmoqlarida yuklama oshib, hududlarda kelib chiqayotgan avariyali uzilishlarni qisqa muddatlarda bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda. Buning uchun tunu-kun navbatchilik brigadalari tashkil qilingan bo’lib, maxsus texnikalar shay holatga keltirilgan.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati