“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayns nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan jamiyat tarkibidagi Vobkent hamda Jondor tuman elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan joylarda uchrashuvlar o’tkazildi hamda “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat bo’lib o’tdi.
Uchrashuv davomida xodimlarga o’z mehnat vazifalarini bajarishlari chog’ida ta’magirlik, poraxo’rlik kabi illatlarga yo’l qo’ymasliklari, korrupsiya barcha sohalar kabi elektr energetika sohasining rivojlanishiga to’sqinlik qilishi, bugungi kunda korrupsiya ildizini tag-tomiri bilan sug’urib tashlash borasida olib borilayotgan ishlar bo’yicha batafsil tushintirishlar berildi.
Shuningdek, har haftaning dushanba kuni tuman elektr ta’minoti korxonalarida “Korrupsiyani oldini olish hamda unga qarshi kurashish” mavzusida ma’naviyat va ma’rifat soatlarini o’tkazish bo’yicha kelishib olindi.
Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan Buxoro shahrining “Fayzulla Xo’jayev” mahalla fuqarolar yig’ini hududida “Obod mahalla” Davlat dasturiga binoan, elektr energiyasi iste’molchilariga sifatli va uzluksiz elektr quvvatini yetkazib berish maqsadida modernizatsiya va yangilash ishlari davom ettirilmoqda. Mahallada bugungi kunga qadar loyiha asosida 400 donadan ortiq mustahkam temir-beton tayanchlar o’rnatildi.