Energiya samaradorligini rivojlantirish mavzusida seminar

O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi mutaxassislari, Buxoro viloyati hokimligi, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, O’zenergoinspeksiya Buxoro viloyati hududiy bo’limi bilan hamkorlikda energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha ko’rgazmali seminar tashki etildi.
Tadbirda elektr energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish, mamlakatimizda yashil energetika yo’nalishini taraqqiy toptirish, bu borada davlat tomonidan aholi va tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar bo’yicha mutaxassislar tomonidan batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, yurtimizda muqobil energiya manbalaridan foydalanishning samaradorligi va imkoniyatlari, qulayliklari tahlil qilinib, quyosh kollektorlari hamda quyosh panellarining afzalliklari to’g’risida to’xtalib o’tildi. Tadbir so’ngida barcha savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi. Fikr va mulohazalar bildirildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati