Mavjud muammolarni oldindan bartaraf etish maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, yoz va kuz-qish mavsumlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mavjud muammolarni oldindan bartaraf etish maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

🔧 Xususan, hududlardagi 105dona podstansiyalar ko’rikdan o’tkazilib, kelib chiqishi mumkin bo’lgan nuqsonlarning oldini olishga qaratilgan joriy va mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

👷‍♂️ Joriy yildan jamiyat tomonidan 15 dona yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarni mukammal 90 dona podstansiyalarni joriy ta’mirlash rejalashtirilgan. Ayni kunlarda belgilangan grafik asosida bosqichma – bosqich ta’mirlanmoqda va sinovdan o’tkazilmoqda.

✅ Ta’kidlash joizki, ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida olib borilishi texnik uskunalar mustahkamligini oshiradi va tarmoqdagi ortiqcha yo’qotishlarni oldini olishda o’z samaradorligini ko’rsatadi.