"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

KORRUPSIYANI OLDINI OLISHGA QARATILGAN TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILMOQDA.

Joriy yilning 5-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha eng muhim vazifa va maqsadlar belgilab berildi. Unda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha keskin choralar ko‘rilishi, har bir davlat xizmatchisi hamda fuqaroning bu illatga qarshi kurashishda mas’ulyatini yanada oshirishga chuqur e’tibor qaratildi.
Shu munosabat bilan elektr energetikasi sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, iste’molchilarga xizmat ko’rsatishda xizmat vakolatlarini suiste’mol qilmaslik va shaffoflikni ta’minlash borasida joylarda uchrashuvlar o’tkazilmoqda.

Batafsil 

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Belgilab olingan chora tadbirlar asosida tarmoqlar mukammal ta’mirlanmoqda va yangidan qurilmoqda.

Aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash va mazkur yo‘nalishdagi ishlar sifatini yanada yaxshilash borasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, belgilab olingan chora tadbirlar asosida tarmoqlar mukammal ta’mirlanmoqda va yangidan qurilmoqda.

Jumladan, Buxoro shahar Geofiziklar qo’rgoni hamda “O’zbekiston” mahalla fuqarolar yig’ini hududlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun yangi, 6 kV kuchlanishdagi elektr uzatish tarmog’ini qurish ishlari olib borilmoqda. Buning uchun olib kelingan 20 dona mustahkam temir – beton ustunlar Taraqqiyot ko’chasi bo’ylab, Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan, maxsus texnikalar yordamida rostlanmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.

⚡️ “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati ishtirokida Peshko’ tumanidagi “Deycha” mahalla fuqarolar yig’ini binosida aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.
📝 Sayyor qabulda fuqarolarning elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq barcha murojaatlari tinglandi. Shuningdek, elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib o’rganib, qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish choralarini ko’rish bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan go’zal va betakror, muhtarama ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJda 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan go’zal va betakror, muhtarama ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda jamiyat rahbari tomonidan nafis qalb egalariga jamoadagi mehnati va shijoati uchun chuqur hurmat-ehtirom va ezgu tilaklar bildirildi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Hayot bog’larida tikonlar so’lsin,
Umr yo’llaringiz gullarga to’lsin,
Nurlarga belandi bu kun zamin ham
Qutlug’ ayyomingiz muborak bo’lsin.

Bolam deb g’am chekkan mehribonlarim,
Tashvishi bir ummon, quvonchi yarim,
Ey, mening jannatiy onajonlarim,
Qutlug’ ayyomingiz muborak bo’lsin.

Qalbida dard ammo, yuzlari hushhol,
Sabr, bardoshidan mashaqatlar lol
Olamni nurafshon aylagan ayol,
Qutlug’ ayyomingiz muborak bo’lsin.

Tabassum ketmasin yuzlaringizdan,
Quvonch yoshi tomsin ko‘zlaringizdan,
Chamanlar gullasin izlaringizdan,
Qutlug‘ ayyomingiz muborak bo‘lsin.

Jarayon

Hududlar elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida joriy yil avvalida belgilab olingan chora – tadbirlar asosida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan joylarda bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, elektr ta’minoti korxonalarining mutaxassis xodimlari hududlardagi elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlarini joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqdalar.
Ta’kidlash joizki, ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida bajarilishi iste’molchilarni mustahkam elektr energiyasi bilan ta’minlashda o’z samaradorligini ko’rsatadi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajda boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

2025 yil 28 fevral kuni O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi o‘rinbosari S. To’xtayev, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyati kengashi raisi o’rinbosari H. Beshimovlar boshchiligida tashki etilgan hisobot-saylov konferensiya ishida jamiyat tarkibiy bo‘linmalaridan saylangan 47 nafar delegat ishtirok etdi.

“Buxoro HETK” AJ boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligiga Jamshid  Ro’ziyev saylandi.

Batafsil

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati