ELEKTR ENERGIYASINI TEJASHNI BOLALIKDAN O‘RGANAMIZ






Bugun “Buxoro HETK” AJda korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati (bo‘limi) hamda viloyat prokuraturasi va IJQKD xodimlari hamkorligida tashkil etilgan yig‘ilishda “Buxoro HETK” AJ hamda “Energosavdo” viloyat bo‘linmasi rahbar va xodimlari ishtirok etdi.
Unda so‘zga chiqqanlar korrupsiya yurtimiz taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekani nazarda tutilib, korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi kurashish barchaning eng ustuvor vazifasi ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, manfaatlar to’qnashuvini oldini olish, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, uni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish boyicha so’z yuritildi.
Tadbir davomida barcha xodimlar kunlik mehnat faoliyatlari davomida doimiy ravishda kasb mahoratlarini oshirish, lavozim yo’riqnomasidagi majburiyatlarni bilish, ularga doimiy rioya qilish xodimlarining eng ustuvor vazifasi ekanligi tushuntirildi.
Yig’ilish ishtirokchilarining kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalari tinglanib, bugungi kunda mavjud dolzarb muammo va kamchiliklarni qisqa fursatlar ichida bartaraf etish borasida zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Joriy yilda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyat aholisi, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.
18 noyabr – “O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida”gi Qonun qabul qilingan kun.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barchangizni ushbu kun bilan chin dildan tabriklaydi.
Iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz – qish mavsumini betalofat o’tkazish uuchun Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.






“Buxoro hududiy elektr ta’minoti korxonasi”AJ tarkibidagi Qorako’l tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bugun ish faoliyatlarini milliy liboslarda olib borishmoqda!
✅ Siz ham ushbu ezgu tashabbusga qo‘shiling,»MILLIY LIBOS – MILLAT KO‘ZGUSI» chellenjida faol ishtirok eting!

Joriy yilda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan “Kambag’allikdan farovonlik sari dasturini amalga oshirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida” 330-sonli qaror asosida 48 ta mahallalarda 71 dona transformator punktlari o’rnatildi va 5000 ga yaqin temir-beton tayanchlari qurilib, 244,5 km elektr uzatish tarmog’i tortildi.
Shuningdek, Vazirlar mahkamasining 205 sonli qarori asosida hududlar kesimida 153 ta transformator punkti o’rnatilib, 250 km uzinlikdagi elektr uzatish tarmog’i qurildi.
Kuz-qish mavsumida aholini uzluksiz energiya bilan ta’minlash maqsadida, jamiyat tarkibidagi 830 dona past kuchlanishli trasnformator punktlari, 2 900 km dan ortiq uzatish tarmoqlarida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.