"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda Xitoyning “Holley Technology” Ltd MCHJ QK o‘rtasida transformator ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi.

Toshkent viloyati Angren shahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda Xitoyning “Holley Technology” Ltd MCHJ QK o‘rtasida transformator ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirish hamda Jizzax, Toshkent va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida uchta yirik loyihaga start berilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

📱 Facebook (https://www.facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari) | 📱 Telegram (https://t.me/hetmuloqot) | 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@HUDUDIYELEKTRTARMOQLARI) | 📱 Instagram (https://www.instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari/) | 📱 X (https://twitter.com/HET_AJ) | 📱 het.uz (https://het.uz/oz)

⚡️ Quvvat oshirilmoqda – sifatli elektr ta’minotiga yo‘l ochilmoqda!

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan aholi va tadbirkorlar ehtiyojlarini inobatga olgan holda, transformator punktlarining quvvati oshirish va qo’shimcha o’rnatish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Buxoro shahrining “Sheyxon” MFY Do’lama ko’chasi elektr ta’minotini yaxshilash uchun, quvvati 250 kVAli, № 434 sonli transformator punktini quvvati 400 kVA bo’lgan, yangi, shahar tipidagi transformator punktiga almashtirish ishlari rejalashtirilgan. Ayni damda kerakli qurilish materiallari va elektr qurilmalari olib kelindi. Bu kabi yangilanishlar elektr energiyasi ta’minotida uzluksizlik, barqarorlik, aholining yashash farovonligini oshishi va tarmoqdagi yo’qitishlarni kamaytirishga xizmat qiladi.

🔧 Texnik modernizatsiya – barqaror taraqqiyot kafolatidir.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Biz korrupsiyaga qarshimiz!

📱 Facebook (https://www.facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari) | 📱 Telegram (https://t.me/hetmuloqot) | 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@HUDUDIYELEKTRTARMOQLARI) | 📱 Instagram (https://www.instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari/) | 📱 X (https://twitter.com/HET_AJ) | 📱 het.uz (https://het.uz/oz)

Joylardagi podstansiyalarda belgilangan reja grafigi asosida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan joylardagi podstansiyalarda belgilangan reja grafigi asosida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Buxoro shahridagi “To’qimachi” 35/10 va Kogon tumanidagi “Bo’ston” 110/35/10 kV podstansiyalaridagi 6300 va 4000 kVA quvvatdagi kuch transformatorlari hamda o’chirib, yoqish qurilmalari ta’mirlandi. Shuningdek, podstansiyada obodonlashtirish, estetik holatini yaxshilash, qizishini oldini olish hamda ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish ishlari bajarildi.

Transformator punktlarini mukammal va joriy ta’mirlash, fazalar orasidagi yuklamalarni teng taqsimlash ishlari bajarilmoqda.

Hududlar elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida joriy yil avvalida belgilab olingan chora – tadbirlar asosida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlar kesimida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Ayni kunlarda, elektr ta’minoti korxonalarining mutaxassis xodimlari transformator punktlarini mukammal va joriy ta’mirlash, fazalar orasidagi yuklamalarni teng taqsimlash ishlarini bajarmoqda.
Ta’kidlash joizki, ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida bajarilishi iste’molchilarni mustahkam elektr energiyasi bilan ta’minlashda hamda tarmoqdagi texnologik yo’qotishlarni kamaytirishda o’z samaradorligini ko’rsatadi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi: birinchi marta yozgi iste’mol hajmi qishgi iste’mol hajmini ortda qoldirdi

Milliy dispetcherlik markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 16-iyuldan 21-iyulgacha bo‘lgan anomal issiq davrda O‘zbekiston energetika tizimida sutkalik elektr energiyasi iste’moli va yuklamasi bo‘yicha yangi tarixiy rekordlar qayd etildi.

Xususan, birinchi marta elektr energiyasi iste’molida yozgi ko‘rsatkichlar qishki maksimal ko‘rsatkichlardan oshdi. Jumladan:

2025-yil 18-iyul kunlik iste’mol miqdori 272,6 mln kVt•soat, bu qishki maksimumdan (271,8 mln kVt•soat) va avvalgi yozgi rekorddan (253,3 mln kVt•soat) oshib ketdi.

Kecha soat 17:00 da energetika tizimining maksimal quvvati 13,3 GVtga yetdi, bu qishki rekorddan (12,5 GVt) va 2024 yil iyul oyidagi ko‘rsatkichlardan (11,8 GVt) yuqori.

Eng katta o‘sish Toshkent shahrida qayd etildi. Xususan:

  • Sutkalik iste’mol – 32,4 mln kVt•soat (2024 yilda kuzatilgan maksimal iste’mol – 30,5 mln kVt•soat)ga yetib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 33%ga ko‘pni tashkil etdi.
  • Eng yuqori yuklama soat 14:52 da — 1811 MVt (2024 yilda – 1680 MVt)ni tashkil qildi;
  • Joriy iste’mol darajasi 2024-yil iyul oyining shu davriga nisbatan 7,6 foizga yuqori bo‘lib, oy boshidan buyon o‘sish 11,0 foizni tashkil etdi.

Ta’kidlash lozimki, iste’mol yuqori paytlarda elektr tarmoqlarida uzilishlarning oldini olish va bartaraf etish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning filiallarida tunu kun ishlaydigan avariyaga qarshi maxsus brigadalar tashkil etilgan. Ular yuzaga kelgan nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etib borishmoqda. Ayrim joylardagi elektr ta’minotida kuzatilayotgan uzilishlar tufayli iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Shu o‘rinda iste’molchilardan elektr energiyasidan imkon qadar tejamkorlik bilan foydalanishlarini so‘raymiz. Zarurat bo‘lmagan hollarda elektr jihozlaridan foydalanmaslik orqali ham barchamiz tizimda yuklamaning ortishini, nosozlik va uzilishlar sodir bo‘lishini oldini olishga katta hissa qo‘shamiz.

Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan joylardagi podstansiyalarning holati doimiy ravishda o’rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Jumladan, Buxoro viloyatining eng olis hududi Olot tumanidagi “Amudaryo” 35/10 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, elektr qurilmalari va o’chirib, yoqish uskunalarini ta’mirlash, estetik holatini yaxshilash, qizishini oldini olish hamda ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish ishlari bajarildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Qorovulbozorda transformator punktlar va elektr uzatish tarmoqlari mukammal ta’mirlanmoqda

Hududlar elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash uchun yil avvalida belgilab olingan chora – tadbirlar asosida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlar kesimida bosqichma–bosqich ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Buxoro viloyatining olis Qorovulbozor tumanida ham mazkur yo’nalishdagi ishlar reja asosida amalga oshirilmoqda.
Tuman elektr ta’minoti korxonasining xodimlari bugungi kunga qadar 18 dona transformator punktlari va 49 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmog’ida mukammal ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazdi. Shuningdek, fazalar orasidagi yuklamalarni teng taqsimlash ishlarini bajarildi.
Ta’kidlash joizki, ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida bajarilishi iste’molchilarni mustahkam elektr energiyasi bilan ta’minlashbilan bir qatorda tarmoqdagi texnologik yo’qotishlarni kamaytirishda o’z samaradorligini ko’rsatadi

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Qaror ijrosi ta’minlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasida “Buxoro hududiy elektr tarmoiqlari korxonasi” AJ tomonidan viloyatimizning 55 ta mahalla fuqarolar yig’ini hududlarida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Vobkent tumanidagi 4 mahallada 8 dona 250 kVA quvvatdagi transformator punkti, 1200ga yaqin temir-beton tayanch o‘rnatish, 61.2 km yangi tarmoq tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati