Maxsus avariya tiklash brigadalari tun-u kun shay holatda.

Sovuq ob-havo sharoitida aholining elektr energiyasiga bo‘lgan talabi va elektr uzatish tarmoqlari, elektr qurilmalarida iste’mol yuklamalarining ortishi tufayli ayrim hududlardagi elektr uzatish tarmoqlarida avariyali uzilishlar yuzaga kelmoqda. Bunday hollarda tezkor choralar ko’rish, ta’mirlash-tiklash ishlarini olib borish va qisqa muddatlarda elektr energiyasi ta’minotini tiklash uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJda qo’shimcha avariya tiklash brigadalari tashkil qilingan. Maxsus brigadalar 24/7 rejimida faoliyat olib borib, joylardagi uzilishlarni bartaraf qilmoqdalar. Fotosuratlarda joylarda olib borilayotgan avariya tiklash jarayonlaridan lavhalar aks ettirilgan.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Ortiqchasini o'chirsangiz, kimnidir chirog'ini yoqqan bo'lasiz

   Ishdan kelsam, odam borida ham, yo‘g‘ida ham – hamma xonada chiroq yoniq. Ikkita televizor ham. Qolganlarini aytmay qo‘ya qolay. Xullas, hech kimga nafi tegmayotganlarini o‘chirdim. Uyda faqat nabiralarim bor edi. Ularga qattiq dakki bermadim.Chunki ular hali bola. Yotig‘i bilan tushuntirdim. Elektrni behuda sarflash ham uvollar sirasidan ekanligini aytdim. Va atigi bitta chiroqni yoqish yoki o‘chirish elektr tarmog‘i tugul elektr korxonasida ham shu zahoti sezilishi haqida quyidagi eshitganim va ko‘rganimni aytib berdim.

… Xizmat yuzasidan bir necha bor Markaziy Osiyodagi gigant korxona – Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi ichida bo‘lganman. Ulkan, qudratli generatorlarning baland shovqinli ish maromini kuzatganman. Haqiqatan har jihatdan mahobatli, u.

Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi miqdori boshqaruv pultidagi monitorlarda muntazam aks etib, qizig‘i, raqamlar dam-badam o‘zgarib ham turadi. Bunga qiziqib so‘rasam, raqamlarning tez-tez o‘zgarishi iste’molchilar tomonidan o‘chirish-yoqishlarning umumiy ko‘rinishi ekan. Ya’ni iste’mol ko‘paysa, raqam yiriklashadi, kamayganda esa aksincha, albatta.

Bir chelakni to‘ldirib olsangiz, daryo suvi kamayib qolmaydi guyo. Aslida esa unday emas. Lekin bir vaqtning o‘zida millionlab, milliardlab paqirda suv olinsa, qanchalar to‘lib-toshmasin, har qanday daryo ham darhol sayozlanishi aniq. Shu ma’noda millionlab, milliardlab chiroqlarning bir vaqtda, behuda yonib turishi ham, ta’bir joiz bo‘lsa, elektr daryosini sayozlantirib qo‘yadi. Agar har birimiz faqat kerakli elektr vositalarinigina tokka ulab, qolganlarini bekorga yoqib qo‘ymasak, eh-he, shuning o‘zidan o‘zimizga ham, boshqalarga ham qanchadan-qancha foyda keltiramiz.

Alqissa: bitta bo‘lsa-da zaruratsiz yonib turgan chiroq yo boshqa elektr jihozini o‘chirsak, qaysidir yurtdoshimizning xonadoniga yorug‘lik ulashamiz, uning o‘chiq chirog‘i yonadi. Va bu bilan ham uvolga yo‘l qo‘ymaymiz, ham kimgadir naf keltirishdek savobga ega bo‘lamiz.

Omon bo‘lingizlar, azizlar! Har birimizning uyimiz ham, ko‘nglimiz ham charog‘on bo‘lsin, ilohim.

Ahmadali Shernazarov, “Xalq soʻzi” gazetasining Sirdaryo viloyati boʻyicha muxbiri

Nosozliklar_bartaraf_etilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi barcha tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalari avariya tiklash brigadalari tomonidan elektr qurilmalari va elektr uzatish tarmoqlarida kuzatilayotgan avariyali uzilishlar tezkorlik bilan bartaraf qilinmoqda.

Havo haroratining keskin tushib ketganligiga qaramay ish jarayonlari to’xtagani yo’q.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qo’shimcha ravishda 100 kVA quvvatdagi transformator punkti o’rnatildi

Gijduvon tuman “Havzak” MFY Yuqori havzak qishlog’idagi iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qo’shimcha ravishda 100 kVA quvvatdagi transformator punkti o’rnatildi va 10 dona mustahkam temir-beton tayanchlar qurilib, 400 metr uzinlikdagi havo elektr uzatish tarmog’i tortildi.

▶️VIDEOLAVHANI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Nosozliklar_bartaraf_etilmoqda

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi barcha tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalaridagi tezkor chiqish brigadalari hozirgi ob-havo sharoitiga shay holatda, doimiy navbatchilik asosida o’z ish faoliyatini olib bormoqda. Hududlarda kelib chiqayotgan avariyali uzilishlar tezkorlik bilan ta’mirlanmoqda. Ayni soatlarda Linyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi “Moxixossa” 35 kV elektr uzatish tarmog’ida kelib chiqgan nuqsonlar bartaraf qilinmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Yangidan qurish va montaj ishlari ham olib borilmoqda.

Tashqarida sovuq havo hukmronligiga qaramay elektr energiyasi iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tizimda kelib chiqayotgan avariyali uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf qilish ishlari bilan bir qatorda yangidan qurish va montaj ishlari ham olib borilmoqda. Jumladan, Gijduvon tuman “Havzak” MFY Yuqori havzak qishlog’idagi iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qo’shimcha ravishda 100 kVA quvvatdagi transformator punkti o’rnatildi va 400 metr uzinlikdagi havo elektr uzatish tarmog’i tortildi. Bugun jarayonga bevosita guvoh bo’lgan qishloq aholisi va MFY raisi nafaqat shunday sovuq kunlarda, balki har qanday noqulay ob-havo sharoitlarida xalqimiz farovonligi uchun aholi xonadoniga yorug’lik va iliqlik ulashish yo’lida mehnat qilayotgan soha xodimlariga o’z minnatdorchiligini bildirdi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati