24_soatlik_navbatchilik_asosida

Qish mavsumida is’temolchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan navbatchilik asosida 24 soatlik ish olib borilmoqda. Hududlardagi podstansiyalar, elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr qurilmalarining holati yana bir bor ko’zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan ta’mirlash choralari ko’rilmoqda. Xususan, soha xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlari ko’rikdan o’tkazilib va aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati