Buxoro viloyatidagi 110 kVli “L-Gazli-2” elektr uzatish tarmogʻidagi nosozlik bartaraf etilib, tarmoq ishga tushirildi.

Hozirgi vaqtda “L-Gazli-1” elektr uzatish tarmogʻida taʼmirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.

Maʼlumot uchun, elektr energiyasi bilan ushbu tarmoqdan taʼminlanuvchi isteʼmolchilar ayni paytda zaxiradagi “Uchqir – Gazli” tarmogʻi orqali taʼminlanyapti.

Eslatib oʻtamiz 17-fevral kuni Buxoro viloyatida yuz bergan kuchli shamol oqibatida mazkur tarmoqlar jiddiy shikastlangan boʻlib, ularni taʼmirlash-tiklash ishlari murakkab ob-havo sharoitlariga qaramasdan 24 soatlik ish rejimida olib borilmoqda.

👉👉👉 @buxenergo