IChKI AUDITOR XIZMATIGA, IChKI AUDIT LAVOZIMIGA TANLOV

DIQQAT TANLOV!

«BUXORO HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI» aksiyadorlik jamiyati ichki auditorlik xizmati auditori lavozimiga jismoniy shaxslar uchun tanlov e’lon qiladi.

Ichki auditor xizmati auditori quyidagi talablarga javob berishi kerak:

– Ichki auditorning malaka sertifikatiga (sertifikat xar yillik malaka oshirish kurslaridan o‘tganligini tasdiklovchi Guvoxnomalar bilan tasdiklangan xolda) ega bo‘lishi;

– Auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lish;

– O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida yoxud O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat ta’lim muassasasida olingan oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lishi va oxirgi o‘n yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy (yoxud O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida mua’limlik) ish stajiga ega bulishi;

Tanlovda qatnashishni hoxlovchilar o‘z hujjatlarini 2020 yil 01 iyunga kadar jamiyatga takdim etishlari, shuningdek pochta orqali yoki elektron pochta orqali yuborishlari mumkin.

«BUXORO HUDUDIY ELEKTR TARMOKLARI KORXONASI» aksiyadorlik jamiyati Ichki auditorlik xizmatiga auditor tanlash hujjatlarni qabul qilish yakunlangandan so‘ng jamiyat kuzatuv kengashining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.

Hujjatlarni yuborish uchun manzil:

O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Sanoatchilar ko‘chasi 1/1 uy. «BUXORO HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI» aksiyadorlik jamiyati, boshqarma binosi, Xodimlar bo‘limiga.

Tanlov buyicha qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

Telefon/faks: 65 225 50 34, / 65 225 42 64, 65 225 04 56.

Jamiyat korporativ veb-sayti: www.buxelektr.uz.uz

Elektron pochta manzili: buxenergo@umail.uz

«Buxoro HETK» AJ aksiyadorlari diqqatiga!

«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining 2018 yil yakunlariga bag‘ishlanib, 2019 yil 25 iyunda bo‘lib o‘tgan umumiy yig‘ilishda jamiyatning imtiyozli aksiyalariga dividend to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq, jamiyat tomondan chiqarilgan va joylashtirilgan har bir imtiyozli aksiyaga, aksiya nominal qiymatining 40 foizi miqdorida dividend to‘lanadi.
Imtiyozli aksiyalarga hisoblangan dividend, O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 51-moddasi va jamiyat ustavining 7.9 bandiga asosan, dividend to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran 60 kun ichida to‘lanadi. Dividend to‘lash 2019 yilning 05 yildan boshlanib, joriy yilning 2 sentabrga qadar yakunlanadi. Dividendlarni olish bo‘yicha jamiyat hisobxonasiga murojaat etishingiz mumkin. Tel: +99865 225-04-53.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati ma’muriyati.