Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari!

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan tayyorlangan quyidagi Yo‘riqnomalar orqali zamonaviy hisoblagichlarning ekspluatatsiyasi va afzalliklari bilan yana bir bor tanishib chiqishingiz hamda kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati

1-sentabr Mustaqillik bayrami

Mustaqillik eng ulug‘, eng aziz ne’mat. Bugun biz erishgan va erishajak yuksak marralar, ozod va obod Vatanimiz manzaralari, avvalo, istiqlol sharofatidandir.
Shu boisdan, mustaqillik bayrami har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi. E’tiborlisi esa, har yilgi bayram tadbirlari o‘zgacha ma’no-mazmun kasb etadigan shior ostida nishonlanadi. Bu yilgi bayram Prezidentimiz qarori bilan “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan shiorni asosiy g‘oya sifatida o‘zida mujassam etgani alohida e’tibor va e’tirofga loyiq.

ELEKTR ENERGIYASI ISTE'MOLCHILARIGA ESLATMA!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ veb-saytidagi “Shaxsiy kabinet (http://www.het.uz/oz/pages/view/personal_account)” orqali login va parolni kiritgan holda shaxsiy hisob raqamingizga oid ma’lumotlar – iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori, qoldiq va boshqalar to‘g‘risida real vaqt (on-line) rejimida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Buning uchun oldindan Sizning mobil’ aloqa raqamingiz turar joyingizdagi elektr ta’minoti korxonasi yoki bank kassalari orqali tizimga ulangan bo‘lishi hamda telefon raqamingizga “Shaxsiy kabinet (http://www.het.uz/oz/pages/view/personal_account)” ga kirish uchun login ko‘rsatilgan SMS-xabar taqdim etilgan bo‘lishi lozim.

“Shaxsiy kabinet”ga kirish uchun tizimga ulangan mobil’ raqamingizdan “P” harfini 2100 qisqa raqamiga SMS-xabar ko‘rinishida yuboring va parolga ega bo‘ling.

Shuningdek, 2100 qisqa raqamiga “D” harfini SMS-xabar ko‘rinishda yuborib, bugungi kundagi mavjud qarzingiz haqidagi ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud barcha to‘lov tizimlari (U-Pay, Click, Payme, Paymo, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ yana bir bor eslatib o‘tadi.

HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE'MOLCHILARI!

Ma’lumki, mamlakatimizda epidemiologik vaziyat keskinlashgani sababli respublika bo‘yicha karantin choralari kuchaytirildi. Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 10 iyuldan 1 avgustgacha O‘zbekistonda kuchaytirilgan karantin choralari qo‘llaniladi. Albatta, belgilangan 20 kun mobaynida kommunal xizmatlarga, xususan, qarzdorlik yig‘ilib qolmasligi uchun foydalanilgan elektr energiyasiga to‘lovlarni amalga oshirish ehtiyoji bo‘ladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ o‘zingiz va yaqinlaringizning sog‘lig‘iga befarq bo‘lmagan holda, foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni tuman elektr ta’minoti korxonalariga tashrif buyurmasdan mamlakatimizda mavjud barcha to‘lov tizimlari (U-Pay, Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Elektr energiyasi iste'molchilari diqqatiga!

 Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan karantin davrida xalqimizga yengillik yaratish maqsadida qarzdor iste’molchilarni elektr energiyasi ta’minotidan vaqtincha ajratmaslik bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilganligi haqida xabar bergan edik.

Endilikda Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq, Respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda, Respublika hududlari joriy yilning 11 mayidan e’tiboran TUMAN va ShAHARLAR darajasida “yashil”, “sariq” va “qizil”  toifalarga ajratildi. “Yashil” va “sariq” hududlarda sanitariya-gigiena talablariga qat’iy amal qilgan holda xizmat ko‘rsatish turlariga bosqichma-bosqich ruxsat berilishi belgilandi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ 2020 yil 11 maydan e’tiboran “yashil” va “sariq” hududlar istemolchilarining foydalangan elektr energiyasi uchun qarzdorliklari mavjud bo‘lgan hollarda tarmoqdan avtomatik tarzda ajratilishini ma’lum qiladi.

Shu o‘rinda foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni mamlakatimizda mavjud barcha to‘lov tizimlari (U-Pay, Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib ham amalga oshirishingiz mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Shuni unitmangki, Siz foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab borishingiz orqali energo tizimning barqaror va samarali ishlashida o‘z hissangizni qo‘shgan hisoblanasiz.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati