Rasmiy munosabat.

Joriy yilning 19 iyun kuni Kun.uz telegram kanali orqali “O’zbekneftigaz”: Elektr tarmoqlarida elektr ta’minotining uzilishi tabiiy gaz qazib chiqarish va qayta ishlash qurilmalari avariyaviy holatda to’xtadi” sarlavhasi ostida e’lon qilingan maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

2022 yilning 19 iyun kuni tongi soat 06:22 da “Gazli-2” 110 kV havo elektr uzatish tarmog’ida avariyali uzilishlar kuzatilgan. Dispetcherlik xizmati xodimlari tomonidan bir martalik qo’shib ko’rish ishlari olib borilgan va soat 06:43da elektr energiyasi ta’minoti qayta tiklangan. Keyingi bosqichda elektr energiyasi ta’minotidagi uzilish sabablarini aniqlash va kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida dastlabki o’rganish ishlari amalga oshirilgan. Umumiy uzinligi 160 kmdan ortiqni tashkil qiluvchi “Gazli-2” 110 kV elektr uzatish tarmog’ining “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hisobida bo’lgan 117 km masofadagi qismi “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ xodimlari tomonidan ko’rikdan o’tkazilib, o’rganib chiqilgan va elektr uzatish tarmog’ining “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga tegishli qismida avariyali uzilishlar kelib chiqishiga sabab bo’luvchi kamchiliklar aniqlanmagan. (Qolgan 43 km qismi “Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga tegishli)

Hozirda “Gazli-2” 110 kV elektr uzatish tarmog’ida kuzatilgan uzilishlar sabablarini aniqlash bo’yicha maxsus ishchi guruh tuzilganligini va ishchi guruh tomonidan navbatdagi o’rganish ishlari olib borilayotganligini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, kelgusida bu kabi uzilishlar kuzatilishini oldini olish uchun “Gazli-2” 110 kV elektr uzatish tarmog’ining “Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga tegishli qismini ham ko’rikdan o’tkazish maqsadga muvofiqligini bildiramiz.

«Buxoro HETK» AJ matbuot xizmati

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2022 yil 17 iyun soat 21:00 dan 20 iyun soat 22:00gacha billing tizimida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.

Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bo‘lishi, shu bilan birga iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligini eslatib o‘tamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr sо‘raymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Obod mahalla

“Obod mahalla” Davlat dasturi asosoda yangi tayanchlar o’rnatilmoqda.

Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan Buxoro shahrining “Fayzulla Xo’jayev” mahalla fuqarolar yig’ini hududida “Obod mahalla” Davlat dasturiga binoan, elektr energiyasi iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlarni o‘rnatish ishlari davom ettirilmoqda.
Bugungi kunga qadar 300 donadan ortiq mustahkam temir-beton tayanchlar o’rnatildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

 

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kо‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qо‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2022 yil 1 iyun soat 23:00dan 3 iyun soat 22:00gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.

Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn tо‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bо‘lishi, shu bilan birga iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligini eslatib о‘tamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr sо‘raymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Kuchli shamol vaqtida xavfsizlik choralari

– yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
– elektr va gaz vositalarini o‘chirish;
– ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
– ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
– shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
– ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
– buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
– kuchli shamoldan so‘ng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish talab etiladi.

Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi avtomobillarni daraxtlar ostida qoldirmaslikni tavsiya etadi.