Elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar yuzaga keldimi?

Kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish, vujudga kelgan muammolarni o’z vaqtida bartaraf etish, Buxoro viloyati aholisi, ijtimoiy soha ob’ektlari, tadbirkorlarni me’yor darajasidagi uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalarida tunu-kun rahbar xodimlar boshchiligidagi navbatchiliklar tashkil qilingan bo’lib, ta’minotda yuzaga kelayotgan uzilishlarni qisqa muddatlarda bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda. Shuningdek, kelib chiqayotgan avariyali uzilishlarni o’z vaqtida aniqlab, tezkorlik bilan ta’mirlash, tiklash ishlarini bajarish uchun barcha turdagi maxsus texnikalar, kuch va vositalar shay holatga keltirilgan.

Keltirilgan telefon raqamlar hamda Call markazning 1154 qisqa raqami 24 soat sizning xizmatingizda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Elektr energiyasi iste'molchilari diqqatiga!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklagan holda, bayram kunlari qarzdorlik tufayli xonadongizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to‘lov tizimlari (U-Pay, Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Eslatma: Respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari!

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan tayyorlangan quyidagi Yo‘riqnomalar orqali zamonaviy hisoblagichlarning ekspluatatsiyasi va afzalliklari bilan yana bir bor tanishib chiqishingiz hamda kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati

1-sentabr Mustaqillik bayrami

Mustaqillik eng ulug‘, eng aziz ne’mat. Bugun biz erishgan va erishajak yuksak marralar, ozod va obod Vatanimiz manzaralari, avvalo, istiqlol sharofatidandir.
Shu boisdan, mustaqillik bayrami har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi. E’tiborlisi esa, har yilgi bayram tadbirlari o‘zgacha ma’no-mazmun kasb etadigan shior ostida nishonlanadi. Bu yilgi bayram Prezidentimiz qarori bilan “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan shiorni asosiy g‘oya sifatida o‘zida mujassam etgani alohida e’tibor va e’tirofga loyiq.

ELEKTR ENERGIYASI ISTE'MOLCHILARIGA ESLATMA!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ veb-saytidagi “Shaxsiy kabinet (http://www.het.uz/oz/pages/view/personal_account)” orqali login va parolni kiritgan holda shaxsiy hisob raqamingizga oid ma’lumotlar – iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori, qoldiq va boshqalar to‘g‘risida real vaqt (on-line) rejimida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Buning uchun oldindan Sizning mobil’ aloqa raqamingiz turar joyingizdagi elektr ta’minoti korxonasi yoki bank kassalari orqali tizimga ulangan bo‘lishi hamda telefon raqamingizga “Shaxsiy kabinet (http://www.het.uz/oz/pages/view/personal_account)” ga kirish uchun login ko‘rsatilgan SMS-xabar taqdim etilgan bo‘lishi lozim.

“Shaxsiy kabinet”ga kirish uchun tizimga ulangan mobil’ raqamingizdan “P” harfini 2100 qisqa raqamiga SMS-xabar ko‘rinishida yuboring va parolga ega bo‘ling.

Shuningdek, 2100 qisqa raqamiga “D” harfini SMS-xabar ko‘rinishda yuborib, bugungi kundagi mavjud qarzingiz haqidagi ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud barcha to‘lov tizimlari (U-Pay, Click, Payme, Paymo, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ yana bir bor eslatib o‘tadi.

HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE'MOLCHILARI!

Ma’lumki, mamlakatimizda epidemiologik vaziyat keskinlashgani sababli respublika bo‘yicha karantin choralari kuchaytirildi. Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 10 iyuldan 1 avgustgacha O‘zbekistonda kuchaytirilgan karantin choralari qo‘llaniladi. Albatta, belgilangan 20 kun mobaynida kommunal xizmatlarga, xususan, qarzdorlik yig‘ilib qolmasligi uchun foydalanilgan elektr energiyasiga to‘lovlarni amalga oshirish ehtiyoji bo‘ladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ o‘zingiz va yaqinlaringizning sog‘lig‘iga befarq bo‘lmagan holda, foydalanilgan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni tuman elektr ta’minoti korxonalariga tashrif buyurmasdan mamlakatimizda mavjud barcha to‘lov tizimlari (U-Pay, Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tadi.