Kogon tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida elektr ta’minoti uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar bajarildi.

“Obod qishloq” Davlat dasturi asosida “Kogon tuman elektr ta’minoti” korxonasi tomonidan qurilish-montaj ishlari olib borilib, Xo‘ja Yakshaba mahallasida 90 ta temir beton tayanch tiklandi. Ikkita transformator punktining quvvati oshirilib, 250 kilovolt-amper quvvatidagi yangi transformator punktlari o‘rnatildi. 4100 metr uzunlikdagi havo elektr uzatish tarmog‘i yangidan tortildi.
Sorg‘un mahallasi hududida 130 dona mustahkam temir beton tayanchi yangidan qurildi. 5 ta transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilib, quvvati 100 kilovolt-amper bo‘lgan transformator 250 kilovolt-amper bo‘lgan transformator punktiga almashtirildi. Shuningdek, 5500 metr uzunlikda 0,4 kV kuchlanishdagi havo elektr uzatish tarmog‘i yangilanib, zamonaviy SIP kabellari tortildi.
Batafsil
Tohir ISTATOV (surat),O‘zA












“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ haqiqatdan ham jamiyat tomonidan aksiya sotib olish holati sodir etilmaganligi to‘g‘risida ma’lum qiladi.

