Korrupsiya – kelajakka tahdid

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayns nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan jamiyat tarkibidagi Vobkent hamda Jondor tuman elektr ta’minoti korxonalari xodimlari bilan joylarda uchrashuvlar o’tkazildi hamda “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat bo’lib o’tdi.
Uchrashuv davomida xodimlarga o’z mehnat vazifalarini bajarishlari chog’ida ta’magirlik, poraxo’rlik kabi illatlarga yo’l qo’ymasliklari, korrupsiya barcha sohalar kabi elektr energetika sohasining rivojlanishiga to’sqinlik qilishi, bugungi kunda korrupsiya ildizini tag-tomiri bilan sug’urib tashlash borasida olib borilayotgan ishlar bo’yicha batafsil tushintirishlar berildi.

Shuningdek, har haftaning dushanba kuni tuman elektr ta’minoti korxonalarida “Korrupsiyani oldini olish hamda unga qarshi kurashish” mavzusida ma’naviyat va ma’rifat soatlarini o’tkazish bo’yicha kelishib olindi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati