YASHIL MAKON — TABIATGA E’TIBOR, KELAJAKKA G‘AMXO‘RLIK!

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalari tomonidan hududlarni obodonlashtirish, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash hamda ekologik barqarorlikni mustahkamlash maqsadida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirildi.
Ekilgan har bir nihol — tabiatga qo‘shilgan munosib hissa, kelajak avlod uchun yaratilayotgan bebaho boylikdir. Ta’kidlash joizki, daraxtlar havoni zararli moddalardan tozalash, kislorod ishlab chiqarish, chang va shovqinni kamaytirish, yozning jazirama kunlarida salqin muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday ezgu tashabbuslar hududlarimizni yanada ko‘kalamzorlashtirishda, ekologik madaniyatni yuksaltirishda va tabiatga mehr bilan munosabatda bo‘lishda o’z samaradorligini ko’rsatadi.