⚡️“Xavfsizlik texnikasi ko‘rigi” oyligi bo’lib o’tmoqda

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2026-yil 25-maydagi 146-sonli buyrug‘i shuningdek, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning 348-sonli buyrug‘iga asosan, jamiyatda 2026-yil 10-iyundan 10-iyulgacha “Xavfsizlik texnikasi ko‘rigi” oyligi o‘tkazilmoqda.

Bunda xodimlarning mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlari mustahkamlanib, ish joylarida xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanilishi hamda ishlab chiqarish jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli omillarning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur tadbirlar xodimlar salomatligini muhofaza qilish, baxtsiz hodisalarning oldini olish va korxonada xavfsiz mehnat muhitini yaratishga xizmat qiladi.