⚡️ Yana bir murojaat o’zining ijobiy yechimini topmoqda

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni joyiga chiqib o’rganish, ularga yechim topish, elektr ta’minoti sifati va uzluksizligini ta’minlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Jondor tumani “Romish” MFY Romish qishlog’i aholisining elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar bo’yicha qilgan murojaati bugun o’zining ijobiy yechini topmoqda.

Ayni kunlarda romishliklarni ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 36 dona mustahkam temir beton tayanchlari qurildi. Shuningdek, 1000 metrdan ortiq elektr uzatish tarmog’ini yangilash hamda qo’shimcha ravishda quvvati 160 kVA bo’lgan transformator punktini o’rnatish rejalashtirilgan.

Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar natijasida hududdagi 250dan ortiq xonadonni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi.