Qarshilik ko’chasiga qo’shimcha transformator punkti o’rnatildi.
Yurtimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko’tarilib, bugungi kunda Aholini yashash sharoiti darajasini yaxshilashga va turmushi farovonligini oshirishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan ham tizimli ishlar amalga oshirilib, iste’molchilarga sifatli va uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish choralari ko’rilmoqda. Tegishli qarorlar asosida belgilab olingan mahallarda modernizatsiya va yangilash ishlari bajarilmoqda.
Xususan, Kogon tumani “O’ba cho’li” mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi Qarshilik ko’chasiga qo’shimcha, quvvati 160 kVA bo’lgan transformator punkti o’rnatilib ishga tushurildi. Shuningdek, 13 dona mustahkam temir-beton tayanchlari o’rnatilib, 500 metr uzinlikdagi 10 kVli elektr uzatish tarmog’i tortildi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati