Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
O’zbekiston Respublikasining 2024 yil 5 iyun “Manfaatlar to’qnashuvi to’g’risida”gi № 931-sonli Qonuni qabul qilindi.
Ushbu qonunning mazmun mohiyati bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatining ishchi-xodimlarini tanishtirish uchun korxonaning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati bo’limi mutaxassislari tushuntirish ishlarini olib bordilar. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tayyorlangan maxsus tarqatma materiallar tarqatildi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati