Nazorat_órganish









📌1-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ekologik barqarorlik, shu jumladan, chiqindilarni qayta ishlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mutasaddilarning qishga tayyorlik yuzasidan hisobotlari tinglanib, qish mavsumida energiya resurslari aholiga uzluksiz yetkazib berilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Viloyat hokimi Botir Zaripov mazkur yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholiga zarur energiya resurslarini barqaror yetkazib berish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan joyida tanishish maqsadida energota’minot korxonalarida tungi o‘rganishlar olib bordi.
Viloyat rahbari dastlab “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatida bo‘ldi.
Jamiyatning “Tezkor dispetcherlik xizmati” faoliyati, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.
Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor o‘rganish va hal etish, xususan, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy avariyaviy holatlarning oldini olish yuzasidan vazifalar belgilandi.

