Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.



Buxoro viloyatida barpo etilayotgan shamol elektr stansiyalaridan fotolavhalar.
Har bir turbina minorasining balandligi 100 metr, shamol parraklarining har biri esa 84 metrni tashkil qiladi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan kuz – qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish, barcha turdagi elektr energiyasi iste’molchilarini barqaror elektr quvvati bilan ta’minlash bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarning quvvati bir necha barobarga oshirilib, zahira quvvatlari ham yaratilmoqda.
Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro» telekanalining «Maxsus reportaj” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Buxoro shahrida 2024-2025-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda betalafot o‘tkazish, energetika tizimini barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga barqaror elektr energiyasini yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish holatlari yuzasidan Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari bo’lib o’tdi.
Tadbir davomida Buxoro viloyatida mexanizatsiyalashgan yig‘ma otryadi va doimiy tayyorgarlikdagi xizmatlarning saf ko‘rigi, inshootda sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish jarayonini tiklash kabi tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin.