Qarshilik ko’chasiga qo’shimcha transformator punkti o’rnatildi.

Yurtimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko’tarilib, bugungi kunda Aholini yashash sharoiti darajasini yaxshilashga va turmushi farovonligini oshirishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan ham tizimli ishlar amalga oshirilib, iste’molchilarga sifatli va uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish choralari ko’rilmoqda. Tegishli qarorlar asosida belgilab olingan mahallarda modernizatsiya va yangilash ishlari bajarilmoqda.
Xususan, Kogon tumani “O’ba cho’li” mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi Qarshilik ko’chasiga qo’shimcha, quvvati 160 kVA bo’lgan transformator punkti o’rnatilib ishga tushurildi. Shuningdek, 13 dona mustahkam temir-beton tayanchlari o’rnatilib, 500 metr uzinlikdagi 10 kVli elektr uzatish tarmog’i tortildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Jarayondan_fotolavhalar

Avval xabar berganimizdek, 2024 – 2025 yillarda kuz qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish, mavsumda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida, yuqori kuchlanishdagi “Gazli 1” va “Gazli 2” 110 kV elektr uzatish tarmoqlarida ta’mirlash, tiklash ishlari davom ettirilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

“Gazli 1” va “Gazli 2” 110 kV elektr uzatish tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

2024 – 2025 yillarda kuz qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish, mavsumda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Buxoro viloyatida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, yuqori kuchlanishdagi “Gazli 1” va “Gazli 2” 110 kV elektr uzatish tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu tarmoqlardagi kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf qilish va iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun barcha kuch va vositalar jalb qilingan. Malakali ishchi xodimlar tomonidan maxsus texnikalar yordamida qizg’in ish jarayonlari olib borilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlar iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.

⚡️ “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Umimiy savollar bo’yicha direktori I. Maxmudov ishtirokida Olot tumanidagi “Xidreyli” mahalla fuqarolar yig’ini binosida aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.
📝 Sayyor qabulda fuqarolarning elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq barcha murojaatlari tinglandi. Shuningdek, elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib o’rganildi va qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish choralarini ko’rish bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Kuz–qish mavsumida viloyatimiz aholisi, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash to’g’risida axborot

⚡️ Kuz – qish mavsumida viloyatimiz aholisi, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan jamiyatning bosh muhandisi Zohir Rustamov, “Buxoro’” telekanalining “Intervyu +” dasturi orqali axborot berdi.

DASTURNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.

O’zbekiston Respublikasining 2024 yil 5 iyun “Manfaatlar to’qnashuvi to’g’risida”gi № 931-sonli Qonuni qabul qilindi.
Ushbu qonunning mazmun mohiyati bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatining ishchi-xodimlarini tanishtirish uchun korxonaning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati bo’limi mutaxassislari tushuntirish ishlarini olib bordilar. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tayyorlangan maxsus tarqatma materiallar tarqatildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash ishlari olib borilmoqda.

Yurtimizda aholini yashash sharoitini yaxshilash va turmush farovonligini oshirish maqsadida mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash ishlari olib borilmoqda.
Bu borada “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilib, iste’molchilariga sifatli va uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish choralari ko’rilmoqda. Tegishli qarorlar asosida belgilab olingan mahallarda modernizatsiya va yangilash ishlari bajarilmoqda.
Xususan, Kogon tumani “Xo’ja yakshaba” mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi № 475 sonli transformator punkti yangilandi. Shuningdek, 16 dona mustahkam temir-beton tayanchlari o’rnatilib, 800 metr uzinlikdagi himoyalangan SIP kabellari tortildi.

VIDEOROLIKNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.

⚡️ “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Umimiy savollar bo’yicha direktori I. Maxmudov ishtirokida Qorako’l tumanidagi Chekirchi mahalla fuqarolar yig’ini binosida aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.
📝 Sayyor qabulda fuqarolarning elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq barcha murojaatlari tinglandi. Shuningdek, elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib o’rganildi va qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish choralarini ko’rish bo’yicha mas’ullariga topshiriqlar berildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Mavsumga_tayyorgarlik

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan kuz – qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish, barcha turdagi elektr energiyasi iste’molchilarini barqaror elektr quvvati bilan ta’minlash bo’yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarning holati doimiy ravishda o’rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Jumladan, “Do’stlik” 35/6 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, elektr qurilmalari va yopiq taqsimlash uskunalarini ta’mirlash, estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalarni bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish, podstansiyadagi kuch transformatorini moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari bajarildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati