Xodimlarning bilim saviyasini oshirish uchun kasbiy-texnik o’qitish bo’yicha ishlab chiqilgan dastur asosida o’quv darslari tashkil qilindi.

Maqsadimiz yetuk, bilimli mutaxassis kadrlarni tayyorlash, xalqimizga munosib xizmat qilish va har bir xodimni ishdan so’ng o’z oilasi, farzandlari va yaqinlari davrasiga sog’ salomat qaytishini ta’minlashdan iboratdir.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning bilim saviyasini oshirish uchun kasbiy-texnik o’qitish bo’yicha ishlab chiqilgan dastur asosida o’quv darslari tashkil qilindi. O’quv darslariga jalb qilingan xodimlarning xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda ish joylarini tashkil qilishlari, ishlab chiqarishga moslashishlari, malaka va ko’nikmalarini yanada orttirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mavzuga oid maxsus videorolikni ko’rish

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati