Muhtarama ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJ tomonidan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan go’zal va betakror, muhtarama ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Hayot bog’larida tikonlar so’lsin,
Umr yo’llaringiz gullarga to’lsin,
Nurlarga belandi bu kun zamin ham
Qutlug’ ayyomingiz muborak bo’lsin.

Bolam deb g’am chekkan mehribonlarim,
Tashvishi bir ummon, quvonchi yarim,
Ey, mening jannatiy onajonlarim,
Qutlug’ ayyomingiz muborak bo’lsin.

Qoshlari kamalak, sochlari chambar,
Ohu ko’z sanamlar, yuzlari dilbar,
Siz borsiz dunyo ham go’zal, munavvar,
Qutlug’ ayyomingiz muborak bo’lsin.

Qalbida dard ammo, yuzlari hushhol,
Sabr, bardoshidan mashaqatlar lol
Olamni nurafshon aylagan ayol,
Qutlug’ ayyomingiz muborak bo’lsin.

Tabassum ketmasin yuzlaringizdan,
Quvonch yoshi tomsin ko‘zlaringizdan,
Chamanlar gullasin izlaringizdan,
Qutlug‘ ayyomingiz muborak bo‘lsin.

👉👉👉 @buxenergo