Korrupsiyaga qarshi kurash, jinoyatchilikni oldini olish to’g’risida suhbat o’tkazildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan Qorovulbozor tumani “Cho’lquvar” MFY fuqarolari bilan Korrupsiyaga qarshi kurash, jinoyatchilikni oldini olish, hamda mahallada fuqarolarni korrupsiyaviy xolatlarga duch kelmasliklari va bunday yomon illatdan ogox bo’lishlari to’g’risida suhbat o’tkazildi.
Tadbirda korrupsiya taraqqiyot ildiziga bolta uruvchi jirkanch illat bo’lib, unga qarshi kurashish va jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash barchamizning sharafli burchimiz ekanligi alohida ta’kidlab o’tildi. Shuningdek, huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan bugungi kunda hukumatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishga doir ishlab chiqilgan qaror va farmonlarning mazmun mohiyati batafsil tushintirib berildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati