“Jamoa shartnomasi”ning 2023 yil yakunlari bo’yicha mehnat jamoasining umumiy yigʼilish boʼlib oʼtdi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ 2023-2025 yillar uchun qabul qilingan “Jamoa shartnomasi”ning 2023 yil yakunlari bo’yicha mehnat jamoasining umumiy yigʼilish boʼlib oʼtdi.

Yigʼilishda Energetika kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining birinchi o’rinbosari Saidmurod To’xtayev ishtirok etdi.

Oʼtgan 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Buxoro HETK” AJ Umumiy savollar bo’yicha direktori Ibratilla Mahmudov va jamiyat kasaba uyushma qoʼmitasi raisi Jamshid Ro’ziyevlarning hisobotlari tinglandi. Yigʼilish davomida jamoa shartnomasining ijrosi konferentsiya ishtirokchilari tomonidan qoniqarli deb baholand va ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati