Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Navoiy va Bobur dahosiga ta’zim” mavzusida ma’naviy tadbir tashkil qilindi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda ikki buyuk siymolarimiz Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Navoiy va Bobur dahosiga ta`zim” mavzusida ma`naviy tadbir tashkil qilindi. Tadbirda Ma’rifat targ’ibotchisi professor Gulandon Yunusova ajdodlarimiz haqidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Tadbirga yig’ilganlar Hazrat Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburlarning bizga qoldirgan ulug’vor ma’naviy merosi bo`lmish g’azal va ruboiylaridan aytib berishdi. Shuningdek, eng ko`p g`azal va ruboiy aytgan sheriyat ixlosmandlari qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi. Tashkillashtirilgan ma`naviy tadbir barchaga ko’tarinki ruh va xush kayfiyat baxsh etdi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati