Davlat dasturi asosida katta hajmdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Buxoro viloyatining bir qator hududlarida “Obod xonadon, obod ko’cha, obod mahalla” Davlat dasturi asosida katta hajmdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Shu o’rinda, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan mazkur hududlar elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq mavjud muammolar tizimli ravishda bartaraf qilinib, modernizatsiya va yangilash ishlari bajarilmoqda. Ana shunday obonlashtirish ishlari Romitan tumanining “Sho’rcha” MFYda ham amalga oshirilmoqda. Hudud elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun 140ga yaqin mustahkam temir-beton tayanchlarni tiklanmoqda. Mahalladagi mavjud 8 dona trnasformator punktlari hamda 0.4 kVli elektr uzatish tarmoqlari mukammal ta’mirlanmoqda. Shuningdek, qo’shimcha 2 dona 250 kVA quvvatdagi transformator punktlarini o’rnatish ishlari olib borilmoqda. Bu kabi sa’y-harakatlar mahallada mavjud xonadonlar elektr energiyasi ta’minotini mustahkamlashga xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati