Har bir murojaat e’tiborda.

Elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan o’rganib, ularga qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish borasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bu borada viloyatimizning Peshko’ tumanida ham bir qator qurilish va montaj ishlari bajarilmoqda. Xususan, tumannining “Zandani” MFY Arabxona qishlog’i aholisining elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq muammolari bugun o’z yechimini topmoqda. Soha xodimlari tomonidan 7 dona mustahkam temir-beton tayanchlar tiklandi va 1500 metr uzunlikdagi elektr uzatish simlarini tortish ishlari bajarilmoqda. Shuningdek, 1 dona 100 kVA quvvatdagi transformator punktlari o’rnatildi.
Amalga oshirilayotgan bu kabi sa’y harakatlar iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati.