Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi (http://regulation.gov.uz/uz/d/85750).
Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2023-yil 1-oktyabrdan boshlab yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflarini liberallashtirish taklif etilmoqda.
Xususan, 1- va 2-guruhdagi elektr energiyasi iste’molchilari (OKMK, NKMK, “O‘zmetkombinat” va byudjet tashkilotlari)ga o‘zgarishsiz – 1 kVt⋅soat uchun 1 000 so‘mgacha, qolgan yuridik shaxslar uchun 900 so‘mgacha, deb belgilanadi.
Tabiiy gaz tariflarini ham OKMK, NKMK, “O‘zmetkombinat” va byudjet tashkilotlariga o‘zgarishsiz – 1 kub metr uchun 1 800 so‘mgacha, boshqa tashkilotlarga 1 500 so‘mgacha qiymatda belgilash taklif etilmoqda.
❗️Loyihada aholi uchun ham elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz tariflari o‘zgarishsiz, amaldagi narxlarda qolishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun tarif narxlari oxirgi marotaba 2019-yilning avgustida o‘zgargandi.