Xodimlarning bilim va malakalari sinovdan o’tkazilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning “Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”, “Elektr qurilmalarida ishlaganda jabrlanganlarga birinchi yordam ko’rsatish” hamda “Lavozim va ishlab chiqarish yo’riqnomalari” bo’yicha bilimlari baholanmoqda. Jamiyatda tashkil etilgan “Markaziy bilim komissiyasi” a’zolari tomonidan birinchi navbatda rahbar xodimlarning bilim darajalari sinovdan o’tkazildi.

Yakunda rahbar xodimlar malakasini yada oshirish bo’yicha muhim vazifalar belgilandi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

1-oktyabrdan biznes uchun elektr va gaz tariflari liberallashtirilishi rejalashtirilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi (http://regulation.gov.uz/uz/d/85750).

Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2023-yil 1-oktyabrdan boshlab yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflarini liberallashtirish taklif etilmoqda.

Xususan, 1- va 2-guruhdagi elektr energiyasi iste’molchilari (OKMK, NKMK, “O‘zmetkombinat” va byudjet tashkilotlari)ga o‘zgarishsiz – 1 kVt⋅soat uchun 1 000 so‘mgacha, qolgan yuridik shaxslar uchun 900 so‘mgacha, deb belgilanadi.

Tabiiy gaz tariflarini ham OKMK, NKMK, “O‘zmetkombinat” va byudjet tashkilotlariga o‘zgarishsiz – 1 kub metr uchun 1 800 so‘mgacha, boshqa tashkilotlarga 1 500 so‘mgacha qiymatda belgilash taklif etilmoqda.

❗️Loyihada aholi uchun ham elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz tariflari o‘zgarishsiz, amaldagi narxlarda qolishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun tarif narxlari oxirgi marotaba 2019-yilning avgustida o‘zgargandi.