#Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Linyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi havo elektr uzatish tarmoqlarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Mutaxassislar balandligi 22 metr bo’lgan tayanchlarga chiqib, ta’mirlash ishlarini olib bormoqdalar.
Takidlash joizki, ayni shu kunlarda diyorimizda kuzatilayotgan ob-havoning injiqliklariga qaramasdan soha xodimlari o’z vazifalarini sidqi dildan bajarib kelmoqdalar. Sovuq kunlarda elektr energiyasiga bo’lgan talab ortishi natijasida elektr qurilmalari va tarmoqlarida yuklama oshib, hududlarda kelib chiqayotgan avariyali uzilishlarni qisqa muddatlarda bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda. Buning uchun tunu-kun navbatchilik brigadalari tashkil qilingan bo’lib, maxsus texnikalar shay holatga keltirilgan.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

O’zbekiston bosh vaziri o’rinbosari – energetika vaziri Jo’rabek Mirzamahmudov energota’minotdagi uzilishlar yuzasidanizoh berdi.

JO’RABEK MIRZAMAHMUDOV: BU OB-HAVODA REJALI ChEKLOVLAR KIRITMASAK, ERTAGA BUNDAN-DA JIDDIYROQ TALAFOT BO’LIShI MUMKIN.

O’zbekiston bosh vaziri o’rinbosari – energetika vaziri Jo’rabek Mirzamahmudov energota’minotdagi uzilishlar yuzasidan izoh berdi. Uning so’zlariga ko’ra, hozirgi ob-havo sharoiti jiddiyroq talafotlarning oldini olish maqsadida rejali cheklovlar o’rnatishni taqozo etmoqda.

Manba

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida energiya tejovchi texnalogiyalarni joriy qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

VIDEOLAVHANI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kо‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qо‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2022 yil 1 dekabr soat 23:00dan 3 dekabr soat 22:00gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.

Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn tо‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bо‘lishi, shu bilan birga iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligini eslatib о‘tamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr sо‘raymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati