Yangi transformator punkti o’rnatildi.

Jondor tumani “Qaroli” mahalla fuqarolar yig’iniga qarashli Yangi mozor aholi punkti hududiga 250 kVA quvvatdagi transformator punkti o’rnatilib, ishga tushirildi. Avvallari bu yerdagi aholiga quvvati 63 kVA bo’lgan transformator punkti orqali elektr energiyasi yetkazib berilgan. Transformator punkti quvvatining 4 barobarga oshirilishi natijasida hududdagi iste’molchilar me’yor darajasidagi sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI DIQQATIGA!

2022 yil 26-27 dekabr kunlari Vobkent tumani hududlari elektr energiyasi ta’minotida mazkur jadval asosida cheklovlar kiritilishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, qolgan tumanlar elektr energiyasi ta’minotida kiritiladigan cheklov soatlari o’zgarishsiz qolayotganligini, cheklov jadvallariga o’zgarishlar kiritilganda qo’shimcha ma’lumot berilishini bildiramiz.

Batafsil 👉👉👉@buxenergo

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ

E’TIBOR_VA_ E’TIROF

Iste’molchilarga barqaror elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida noqulay ob-havo sharoitlariga qaramay tizimdagi nosozliklarni bartaraf etishda matonat va fidoyilik namunasini ko’rsatgan, xalqimiz farovonligi yo’lida xizmat qilib kelayotgan elektr energetikasi xodimlari sharaflandi.

Kasb fidoyilari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi U. Mustafoevning tashakkurnomalari hamda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati