Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan kuz-qish mavsumida barcha turdagi iste’molchilarni ishonchli va mustahkam elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalari ko’rikdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Xususan, jamiyat tarkibidagi Linyalar xizmatgohi xodimlari 35 hamda 110 kV kuchlanishdagi havo elektr uzatish tarmoqlarida muntazam o’rganish ishlarini amalga oshirmoqdalar. O’rganishlar natijasida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan nosozliklar tuzatilib, soz holatga keltirilmoqda. Bu esa o’z navbatida elektr energiyasi iste’molchilariga uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish uchun xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanmoqda

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturlari asosida amalga oshirilayotgan yirik hajmdagi bunyodkorlik ishlari natijasida elektr ta’minotidagi mavjud muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda.
Jumladan, viloyatimizning olis manzillaridan biri Olot tumani “Kesakli” MFY hududlarida qurilish va montaj ishlari amalga oshirilmoqda. Mahallada istiqomat qiluvchi aholi va hududdagi tadbirkorlarni barqaroro elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Olot tuman elektrt ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan 280 donaga yaqin mustahkam temir beton tayanchlar tiklanib, 5200 metr 10 kVli, 8400 metr uzinlikdagi 0.4 kVli elektr uzatish tarmoqlari tortildi. Shuningdek, 5 dona transformator punktlari mukammal ta’mirlandi.
Ayni damda zamonaviy SIP kabellarini tortish ishlari olib borilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish va kelib chiqishini oldini olish maqsadida uchrashuvlar o’tkazilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati hamda Yuridik bo’lim boshliqlari tomonidan jamiyat tarkibidagi Qorako’l tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat o’tkazildi. Uchrashuv davomida sohada korrupsiyaga qarshi kurashish va uning kelib chiqishini oldi olish borasida olib borilayotgan ishlar haqida to’xtalib o’tildi. Joylarda o’tkazilayotgan keng ko’lamli targ’ibot, tashviqot ishlariga qaramasdan hali ham korrupsiya yo’l qo’yib kelayotgan xodimlarning uchrayotganligi, bunday holatga yo’l qo’yganlarga nisbatan belgilangan tartibda jazo choralari qo’llanilishi bo’yicha tushintirishlar berildi.
Yakunda, korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik, jazo muqarrarligi, bu kabi salbiy holatlarni oldini olish va sodir etmaslik choralarini ko’rish lozimligi ta’kidlandi hamda barcha xodimlar ogohlikka chaqirildi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Buxoro shahri markazida qurilayotgan ko’p qavatli uylarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 6 kVli kabel tarmog’ini yotqizish ishlari olib borilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan Buxoro shahri markazida qurilayotgan ko’p qavatli uylarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 6 kVli kabel tarmog’ini yotqizish ishlari olib borilmoqda.
Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

Videolavhani ko’rish

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati