Joylardagi nimstansiyalarda joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Nimstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan belgilangan yillik reja-grafigi asosida joylardagi nimstansiyalarda joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Elektr qurilmalarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinib, me’yoriy ishlash holati ta’minlanmoqda. Shuningdek, mutaxassis xodimlar tomonidan sinov va sozlash, rele himoyasi hamda avtomatikasini tekshirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, joriy ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida olib borilishi elektr qurilmalari mustahkamligining oshishi, kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali o’chishlarning oldini olinishiga xizmat qiladi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati