Sayyor qabul

Aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, hududlarda yechimini kutayotgan masalalarni tezkor hal etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti mashalatchisi rahbarligida vazirliklar, sektorlar, hududiy tashkilot va idoralar rahbalari ishtirokida Buxoro viloyatining Peshko’, Kogon va Jondor tumanlarida ommaviy sayyor qabullar o’tkazildi.

Sayyor qabullar davomida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Ro‘ziqul Rayimov Buxoro viloyatning shahar va tumanlaridan kelgan fuqarolarning elektr energiyasi sohasiga doir murojaatlarini qabul qildi. Shuningdek, aholidan tushgan murojaatlarga tezkorlik bilan yechim topish va qisqa muddatda elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq muammolarni bartaraf qilish bo’yicha chora tadbirlar ishlab chiqildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati